Huawei 1
Joze Mourinyo Eldor Shomurodovning “Roma”dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubida qoladigan boʻldi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Joze Mourinyo ma'lum qildi.

“DAZN” nashri xabariga koʻra, bugun, 31-avgust kuni transfer oynasining soʻnggi kunida Italiyaning “Lechche” klubi Shomurodovga qiziqish bildirganiga qaramay, Joze Mourinyo uni jamoada olib qolgan.

“Shomurodov bizga yordam bera oladi. Yozgi transfer oynasi davomida u bosim ostida boʻldi va endi tinchlanishi hamda bizga yordam berishi mumkin”, – deydi Joze Mourinyo.

Avvalroq, “Bolonya” Shomurodovni ijaraga olish masalasida Rim klubi bilan kelishuvga erisha olmagani, unga “Monsa” va “Torino” klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabar qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, rimliklar yozda erkin agent sifatida Paulo Dibala va Andrea Belottini o'z safiga qo'shib oldi. Shomurodov A Seriya dastlabki uch turida jamoa qaydnomasidan oʻrin olgan boʻlsa-da, maydonga tushirilmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92209 | Инструменты