Huawei 1
Farg'onada Ulsan-O'zbekiston kemasozlik bo'yicha o'qitish markazi ochiladi

Janubiy Koreyaning Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi delegatsiya Farg'ona viloyatiga keldi

Viloyat hokimligi ma'lumotiga ko'ra, Farg'ona xalqaro aeroportida Janubiy Koreya vakillarini viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldi.

Kun tartibiga ko'ra, kutib olish marosimidan so'ng viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mehmonlarni qabul qiladi va o'zaro hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqiladi.

Shuningdek, Farg'ona politexnika institutida Ulsan shahri meri Kim Du Gyomga faxriy professor unvonini topshirish marosimi va talabalar bilan ochiq muloqot o'tkiziladi.

Kunning ikkinchi yarmida Farg'ona shahridagi "Yangi O'zbekiston" massivi – Ekoshahar hamda Quvasoy shahridagi "Bunyodkor" yoshlar taraqqiyot sanoat zonasi faoliyati mehmonlarga tanishtiriladi.

Yakunda eng muhim tadbir Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)da Ulsan-O'zbekiston kemasozlik bo'yicha o'qitish markazining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты