Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi Uzum Marketni ustun mavqega ega deb topdi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori 2 ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb eʼtirof etishning mezonlari belgilangan.

Ushbu qarorga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida "Uzum Market" MCHJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia‘ni ustun mavqega ega deb topgan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты