Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgan klub nomini aytdi.
39 yoshli portugaliyalikning tan olishicha, futbolchilik faoliyatini yakunlashdan oldin u o‘z vatanida to‘p tepishni xohlaydi.
“Faoliyatimni “Sporting”da yakunlayman. Men bu klubda bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazsam ham, jamoaga bo‘lgan hurmatimni namoyish etmoqchiman. Ular meni kashf etib, tarbiyalashdi. “Sporting” bo‘lmaganda, ehtimol, McDonald‘s‘da ishlayotgan bo‘lardim", - dedi futbolchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20512 | Инструменты