Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanligini aytdi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoasi safida yana qancha vaqt o'ynamoqchi ekanligi haqida fikr bildirdi.
“Yana bir necha yil terma jamoaning bir bo‘lagi bo‘lishdan umidvorman. Hamon motivatsiyaga to‘laman, maqsadlarim yuqori. Terma jamoadagi yo‘lim hali yakunlangani yo‘q.
Terma jamoamizda ko‘plab yosh o‘yinchilar bor. Jahon Chempionatiga boraman va Yevropa chempionatida qatnashishni ham maqsad qilganman. Shundan keyingina, faoliyatim yakuni haqida o‘ylashni boshlayman. O‘ylaymanki, raqobatda hozir ham kuchliman”, — deydi Krishtianu Ronaldu.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” forvardi 2024-yilgi Yevropa chempionati o‘tayotgan vaqtda 39 yoshda bo‘ladi.
Mavzuga doir:
“Bu gol Ronaldu uchun juda kerak edi, butun jamoa unga gol sovg'a qilishni xohladi”, — Erik ten Hag
Alpha version: 0.9.1.19 build 10509 | Инструменты