Fransiyaning “Lans” klubi qishki transferlar oynasida himoyachilaridan birini, ya’ni Abduqodir Husanov yoki Kevin Dansoni sotmoqchi. Bu haqida “L'Yequipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati yanvar oyida markaziy himoyachilar Abduqodir Husanov va Dansoni sotish ilinjida. Hozircha har ikkisi uchun jamoa 44 million yevrodan foyda ko‘rmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov joriy mavsum “Lans” tarkibida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning narxi “Transfermarkt” portalida 12 million yevroni tashkil etadi.
Danso esa joriy mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning narxi “Transfermarkt” portalida 25 million yevroga baholangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты