Huawei 1
Lionel Messi Jahon chempionatidagi g‘alaba sharafiga Argentina terma jamoasining barcha a’zolariga oltin bilan bezatilgan “ayfon” sovg‘a qildi

Argentinalik hujumchi Lionel Messi terma jamoa futbolchilari uchun 35 dona, 24 karat oltin bilan bezatilgan “iPhone” rusumli smartfonlar sotib olgan. Bu haqida telefonlarni bezash bilan shug‘ullanuvchi “Indesign Gold” kompaniyasi rahbari Benjamen Lion ma’lum qildi.

“Leo Messi uchun 35 dona “iPhone 14” telefonlarini yetkazib berish faxr. U Jahon Chempionatidagi g‘alaba sharafiga futbolchilar va murabbiylar shtabiga telefon buyurtma qilgandi”, — deydi Benjamen Messi bilan birga tushgan rasmini ilova qilib.

Har bir smartfonning ortida futbolchilarning ismi va Argentina terma jamoasidagi raqami tushirilgan.

“Lionel — nafaqat barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi, balki “Indesign Gold”ning sodiq xaridorlaridan biridir. U Mundialdan bir necha oy o‘tib, biz bilan bog‘langan edi. Messi g’alabani nishonlash uchun futbolchilar va murabbiylar shtabiga maxsus sovg‘a qilishni xohlashini, lekin odatiy sovg‘alar, masalan, soatlar berishni istamayotganini aytib o‘tgandi. Men esa raqamlar tushirilgan oltin “ayfon”larni taklif qildim. Bu g‘oya Leoga yoqdi”, — deydi Lion.

“The Sun” nashri xabariga ko‘ra, Messi “iPhone”lar uchun 175 ming funt (200 ming yevro) atrofida pul sarflagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga