Huawei 1
Iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Buyuk Britaniyaning “Itransition Holdco Limited” kompaniyasining “Itransition” MCHJning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.

“Itransition Holdco Limited” kompaniyalar guruhi bir necha davlatlarda IT axborot tehnologiyalari va kompyuter tizimlari sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilot;

“Itransition” MCHJ ham axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga taʼsir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120503 | Инструменты