Huawei 1
“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi

“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-399-son) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi.

Bunda:

— “Mahalla yettiligi” a'zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlari o'tkazish yo'lga qo'yiladi;

— “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo'lgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomi beriladi.

2026-yil yakunigacha O'zbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha huquqiy eksperiment tariqasida O'zbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120504 | Инструменты