Huawei 1
Samarqandda 50 tonna koʻmirni sotayotgan ombor mudiri va qorovuli ushlandi

“Koʻmirtaʼminot” MCHJning Samarqand filiali “Maroqand” koʻmir ombori mudiri J.P soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ehtiyojmand oilalarga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan 50 tonna koʻmirni fuqaro A.A.ga 37,5 mln soʻmga sotishga kelishgan.

Shundan 13,2 tonna koʻmirni ombor qorovuli X.J. yordamida yetkazib berib, kelishilgan pullar hisobidan 28 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120504 | Инструменты