Huawei 1
Lionel Messi “L'Equipe” versiyasiga ko'ra yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi

Fransiyaning PSJ klubi hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “L'Equipe” nashri tomonidan 2022-yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

35 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo'ldi, shuningdek, Qatardagi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, Messining PSJdagi sherigi Kilian Mbappe ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o'rinni esa 2022-yilda o'z faoliyatini yakunlagan tennischi Rafael Nadal egalladi. “Real” safida “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan hujumchi Karim Benzema esa oltinchi o‘rindan joy oldi.

To'liq ro'yxat quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Lionel Messi (futbol, 808 ochko)
2. Kilian Mbappe (futbol, 381)
3. Rafael Nadal (tennis, 285)
4. Remko Evenepul (velosiped, 252)
5. Maks Ferstappen (Formula 1, 196)
6. Karim Benzema (futbol, 195)
7. Armand Dyuplantis (yengil atletika, 185)
8. Stiven Karri (basketbol, 139)
9. Antuan Dyupon (regbi, 105)
10. David Popovich (suzish, 98 yosh)

Eng yaxshi sportchi uchun mukofot “L'Équipe” nashri tomonidan 1946-yildan beri Fransiya sportchilariga, 1975-yildan boshlab esa butun dunyoga topshirilib kelinmoqda.

Reyting yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi. G'olib nashrning har bir jurnalisti ovozlariga ko'ra topiladi, har bir jurnalist o'z talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi top-5 sportchisi ro'yxatini 20-dekabrga qadar taqdim etadi. 1-o‘ringa 6 ball, 2-o‘ringa 4 ball, 3-o‘ringa 3 ball, 4-o‘ringa 2 ball va 5-o‘ringa 1 ball beriladi.

Ma’lumot uchun, 2012-yildan buyon mukofot Fransiyaning eng yaxshi sportchisiga alohida va dunyoning eng yaxshi sportchisiga alohida berilib kelinadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты