"Liverpul" o‘z maydonidagi ketma-ket 8-uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Bunaqasi 1952-yildan beri birinchi marta ro‘y bermoqda
"Liverpul" APLda "Fulxem"ga 0: 1 hisobida yutqazdi.
Mersisaydliklar Angliya chempionatidan o‘rin olgan ketma-ket 8-o'yinda g‘alaba qozona olishmayapti (6 mag'lubiyat, 2 durang).
Premyer-liga doirasida "Enfild"dagi so'nggi g'alaba 16-dekabr kuni "Tottenxem" ga qarshi o'yinda (2: 1) qayd etilgandi.
"Liverpul"ning o‘z maydonidagi g'alabasiz seriyasi bo‘yicha anti-rekord 1951 yil o'rnatildi. O'sha mavsumda"qizillar" "Enfild"dagi ketma-ket 10ta uchrashuvda g‘alaba qozona olishmagandi
Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты