Huawei 1
“Liverpul” qishda “Barselona” futbolchisini sotib olmoqchi. Unga MYU va “Chelsi” ham da'vogar

Angliyaning “Liverpul” klubi “Barselona”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Frenki de Yongni qishki transferlar oynasi vaqtida sotib olmoqchi.

Agar niderlandiyalik oʻyinchi Kataloniya giganti safini tark etishni istasa, “qizillar” “Manchester Yunayted” va “Chelsi”ni raqobatda yengishiga toʻgʻri keladi. Xabarlarga koʻra, Londonning “Chelsi” klubi yozda De Yong transferiga erisha olmaganidan keyin bunga yanvar oyida urinib koʻradi.

Frenki de Yong ushbu mavsum turli musobaqalarda jami 12 ta oʻyinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Uning “koʻk-anorranglilar” bilan amaldagi  kelishuvi 2026-yilda nihoyasiga yetadi.

“Transfermarkt” portali xaabriga koʻra, yarim himoyachi 60 mln yevroga baholanmoqda.

Avvalroq, “Barselona” De Yong ketmagan taqdirda boshqa bir yetakchisini sotib yuborishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102412 | Инструменты