Huawei 1
Matonatli samuraylar ispanlarni yengib, guruhda 1-o‘rinni egallashdi. Germaniya pley-offga chiqa olmadi

Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-turida E guruhining ikki o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi.

Tur doirasidagi birinchi bahsda Ispaniya Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochdi. 48-daqiqada Doan hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqada o‘tib, Tanaka yaponlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yakuniy hisob 2:1, Yaponiya foydasiga.

Germaniya esa Kosta-Rikaga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobida zafar quchdi. Nemislar safida Serj Gnabri va Niklas Fyullkrug bittadan gol urgan bo‘lsa, Kay Xaverts dublni rasmiylashtirdi. Kosta-Rika safida Yelsin Texeda va Xuan Pablo Vargas gol muralliflariga aylandi.

Shu tariqa Yaponiya 6 ochko bilan guruh peshqadami sifatida pley-offga yo‘l oldi. Ispaniya esa 4 ochko bilan 2-o‘rinni, Germaniya ham shuncha ochko bilan 3-pog‘onani egalladi. Kosta-Rika 3 ochko bilan 4-o‘rindan joy oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты