“Messi sovrin yutmasligi uchun qo'limizdan kelgan hamma narsani qilamiz”, — Fransiya bosh murabbiyi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCh finali doirasidagi Argentinaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Argentinada ajoyib futbolchi bor va u Messi. Bizni katta jang kutib turibdi. Argentina tajovuzkor jamoa, ammo bu yaxshi ma’nodagi tajovuzkorlik. Albatta, Leo sovrin yutmasligi uchun hamma narsani qilamiz. Faqatgina bitta jamoa uchinchi yulduzni olishi mumkin (har ikkala terma jamoa ham 2 martadan JChni yutgan).
Messi turnir boshidan buyon ajoyib o‘yin namoyish etib kelmoqda. 4 yil oldin hammasi boshqacha edi. U o‘yinni biz kutmagan pozitsiyada boshladi va hujumchi sifatida yakunladi. Hozir ularda hujumchi bor, Messida esa ko‘proq erkinlik mavjud. U to‘p bilan tez-tez muomala qilmoqda va hozirda ajoyib formada. Messi — dunyoning eng yaxshisi yoki eng yaxshilaridan biri. Uning o‘yinga ta’sirini kamaytirishga harakat qilamiz”, — deydi Desham.
Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi 18-dekabr kuni Mundial finalida Argentina bilan bahs olib boradi. 3-o'rin uchun bahsda esa Marokash va Xorvatiya o'zaro bahs olib boradi.
Mavzuga doir:
Bu yilgi Jahon chempionati Messi uchun oxirgisimi? Leo javob berdi
“Futbol Messidan qarzdor. Leo 1-o'rinda, Argentina esa keyingi”, — Argentina sobiq hujumchisi
Lionel Messi 2 ko‘rsatkich bo‘yicha Mundiallar tarixidagi rekordchiga aylandi
Alpha version: 0.9.1.19 build 112606 | Инструменты