“ Negaligini bilmayman, lekin oʻsha oqshom jahon kubogini ular menda qoldirishdi”, — deya xotirlaydi Messi
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi yotogʻida Jahon kubogini quchoqlab suratga tushgani haqida gapirib berdi.
“Argentinaga tongda yetib keldik, juda kam uxladik. Vaqtdagi oʻzgarishdan soʻng, men maksimal bir yoki ikki soat uxladim. Ertalab soat 6 edi va televizorni yoqib qoʻygandim. Roʻparadagi xonada De Paul va Otamendi yashardi. Qoʻshni xonadagi tovushlarni eshitishingiz mumkin, shuning uchun ular mening hojatxonaga borganim va televizor yoqqanimni bilishdi.
Negaligini bilmayman, lekin oʻsha oqshom jahon kubogi men bilan qoldi, u mening xonamda edi. Ular uni menda qoldirishdi. Rodrigo kirib kelganida men sovrin bilan oʻtirgandim. U menga qarab: “Yot, seni suratga olaman”, dedi. U suratga olishga odatlangan. U jamoamiz uchun juda muhim shaxs — futbolda ham, insoniylik jihatidan ham. U qiyin daqiqalarda qanday qilib tinchlantirishni biladi”, — deya yodga oladi Messi.
Avvalroq, Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati haqidagi savolga javob bergani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Devid Bekxem Ronaldu va Messidan qay biri o'zining sevimli futbolchisi ekanligini aytgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112609 | Инструменты