Huawei 1
“Messiga qarshi 90 daqiqa himoyalanganimni bolalarimga aytib beraman”, — Xorvatiya himoyachisi

Futbol bo‘yicha Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga qarshi oʻyin haqida gapirdi.

“Bu qaysidir maʼnoda yoqimli tajriba boʻldi, garchi oʻtgan mavsumda unga qarshi klub darajasida oʻynagan boʻlsam-da. Klubda oʻynash terma jamoadagisidan farq qiladi. Hech boʻlmaganda bolalarimga Messiga qarshi 90 daqiqa himoyalanganimni aytishim mumkin, aytaman ham. Umid qilamanki, keyingi safar revansh olamiz”, — deydi “Leypsig” futbolchisi.

Ma’lumot uchun, Argentina Qatardagi Jahon chempionati yarim finalida Xorvatiyani magʻlub etdi (3:0), Messi esa Gvardiolni ajoyib tarzda aldab oʻtib, golli uzatma amalga oshirdi. U bu bahsda bitta gol ham urdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112617 | Инструменты