Huawei 1
Nahotki? Faoliyatini yakunlashini aytgan Pike “Barselona”ning navbatdagi o‘yini uchun qaydnomaga kiritildi

Ispaniyaning “Barselona” himoyachisi Jerar Pike La Liga doirasidagi “Osasuna”ga qarshi oʻyini qaydnomasidan oʻrin oldi.

35 yoshli futbolchi avvalroq professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan edi. Pike Ispaniya chempionati 13-turida “Almeriya”ga qarshi bahs (2:0) uning uchun soʻnggisi boʻlishini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, futbolchi “Osasuna” bilan bahs qaydnomasiga tarkibdagi muammolar tufayli kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, Pike “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2004-yilgacha Kataloniya klubida oʻynagan. Shundan keyin “Manchester Yunayted”ga oʻtib “Saragosa”da ijara asosida harakatlangan. Ispaniyalik himoyachi 2008-yilda yana “Barsa” lageriga qaytib keldi. Pike “Barselona” safida 616 ta oʻyinda maydonda harakatlandi va jamoasi bilan birga 28 ta sovringa ega chiqdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты