Huawei 1
“Navbahor” terma jamoasi darvozabonini 300 ming yevroga sotdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov faoliyatini Eronda davom ettiradi. 

Transfermarkt maʼlumotiga ko‘ra, “Fulad” 33 yoshli posbon uchun Namangan klubiga 300 ming yevro to‘lagan. 

Yusupov 2019-yildan beri “Navbahor”da o‘ynab kelardi. Shuningdek, u “Mashʼal”, “Nasaf”, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” klublarida ham harakat qilgan.

Maʼlumot o‘rnida, O‘tkirning yangi jamoasi “Fulad” o‘tgan mavsumda Eron chempionatida 11-o‘rinni egallagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты