Huawei 1
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Turkiyadagi Jahon chempionati guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunladi

Turkiyada oʻtayotgan amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 3-turida Oʻzbekiston Tanzaniyaga magʻlub boʻldi.

Muddatdan avval nimchorak finalga yoʻllanma olgan Rustam Mehmonov shogirdlari 3-tur oʻyinida Tanzaniyaga 0:2 hisobida magʻlub boʻlishdi. Avvalgi ikki bahsda Oʻzbekiston Polsha (3:1) va Yevropa vitse-chempioni Ispaniyani (3:0) magʻlub etgandi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston 6 ochko bilan 1-oʻrinda boʻlsa, Tanzaniya 4 ochko bilan 2-oʻringa koʻtarildi. Guruhdan keyingi bosqichga yoʻllanma oladigan 2-jamoa nomi Ispaniya – Polsha oʻyinidan keyin maʼlum boʻladi. Polshada 3, Ispaniyada 1 ochko bor. Oʻzbekiston 1/8 final bahsini 5-oktyabr kuni oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston amputantlar jamoasi 5 karra jahon chempioni sanaladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22203 | Инструменты