O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi
Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston termasi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Vakillarimiz uchinchi o‘rin uchun bahsda Gaiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Gollar: Qudrat Xudoyqulov 14', Aziz Abdurahmonov 17', 48', 49', Sharles 19', Richard 6'.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amutantlar termasi bunga qadar 2007-,2010- va 2012-yilgi jahon chempionatida uchta oltin, bitta kumush (1998-yil) va ikkita bronza (1991, 2002) medaliga ega chiqqan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22204 | Инструменты