2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 7-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va FIFA reytingida 57-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston FIFA reytingida 7.31 ballni qo‘lga kiritdi va o‘z hisobidagi ochkolar sonini 1432 taga yetkazib oldi. O‘zbekiston o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi.
Osiyo jamoalari o‘rtasida esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Osiyo qit’asi jamoalarining FIFA reytingidagi o‘rni.
1. (15) Yaponiya-1658.04
2. (17) Eron-1642.17
3. (23) Janubiy Koreya-1579.37
4. (26) Avstraliya-1548.39
5.(47) Qatar-1475.39
6. (57) O‘zbekiston-1432
7. (58) Iroq-1430.95
8. (59) Saudiya Arabistoni-1416.42
9. (63) Iordaniya-1383.99
10. (66) BAA-1375.07.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32406 | Инструменты