Huawei 1
“Real Madrid”ning yozgi transferlar oynasi uchun asosiy maqsadlari ma’lum bo'ldi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlari ma’lum bo'ldi. Nufuzli “AS” nashrining xabar berishicha, “qaymoqranglilar” yozda toʻrtta pozitsiyani kuchaytirish niyatida.

Madridning “Real” klubi keyingi yozda Karim Benzema oʻrniga hujumchi va yarim himoyachi Luka Modrichga oʻrinbosar sotib olmoqchi. Bu pozitsiyalarda madridliklar hozircha Jud Bellinghem hamda Kilian Mbappe nomzodlarini asosiy variant sifatida qarashmoqda.

Shuningdek, “qirollik klubi” oʻng va chap qanot himoyasini ham mustahkamlamoqchi.

Oldinroq “Real” Azarni ketma-ket 4-transfer oynasida sotuvga qoʻygani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100717 | Инструменты