Huawei 1
Xitoyda o‘qituvchilardan “zagranpasport”larni topshirish talab etilmoqda

Xitoyning davlat sektorida chet elga chiqish cheklovlari kengaytirildi. Endilikda mahalliy hokimiyat xodimlari va maktab o‘qituvchilaridan ham xorijga chiqish pasportlarini topshirish talab etilmoqda. Bu haqda The Financial Times хабар berdi.

So‘nggi marta davlat xizmatchilari va davlat kompaniyalari xodimlaridan pasportlarni topshirish 2020 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralari doirasida talab qilingandi. 2023 yilda kovidga oid cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng, Taʼlim byurosi o‘qituvchilarning chet elga chiqish shartlarini qattiqlashtirishni boshladi.

Xalqaro sayohatlarga qo‘yilgan cheklovlar, xususan, maktab, universitet va mahalliy hokimiyat organlari xodimlariga tatbiq etilmoqda. Venchjou okrugining Ouxay rayoni taʼlim byurosi tomonidan eʼlon qilingan ko‘rsatmalarga ko'ra, o‘qituvchilarning xorijga safarlari, odatda, yiliga 20 kundan oshmagan bir martalik tashrif bilan cheklanadi.

Shu bilan birga, xorijga ketayotgan pedagoglar taqiqlangan “Falungun” diniy harakati yoki boshqa “dushman xorijiy kuchlar” bilan aloqada bo‘lmasligi shart.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100718 | Инструменты