Isroil armiyasi 7-oktabr kuni G‘azoga uyushtirilgan hujumlarning bir yilligi munosabati bilan bosib olingan G‘arbiy Sohilda “to‘liq blokada” o‘tkazishga qaror qildi.
Isroil davlat telekanali KAN ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hukumati o‘tish punktlarini yopishga, falastinlik ishchilarning o‘tishiga to‘sqinlik qilishga va shu orqali bosib olingan G‘arbiy Sohil atrofida “to‘liq xavfsizlik halqasi” yaratishga qaror qilgan.
Isroil armiyasi 7-oktabr hujumlarining yilligi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan voqealarni hisobga olib, “bosib olingan G‘arbiy Sohil va barcha jabhalarda” o‘zining harbiy ishtirokini kuchaytirishga qaror qildi.
2023-yil 7-oktabrdan beri 41 870 falastinlik Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlari qurboni bo‘ldi, ulardan kamida 17 000 nafari bolalar, 14 870 nafari esa ayollar bo'lgan. Falastin anklavining yana 97 166 nafar aholisi jarohatlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты