Huawei 1
Tadqiqot: Spirtli ichimliklar yosh va sog‘lom odamlar yuragi uchun ham xavfli

Spirtli ichimliklar hatto yosh va sog‘lom odamlarda ham yurak bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi, deb xabar beradi Stuttgarter Nachrichten gazetasi Myunxen universiteti klinikasi (LMU Klinikum) tadqiqotiga tayanib.

Tadqiqot jarayonida olimlar EKG yordamida yoshlarning yurak urish ritmini 48 soat kuzatdi. Mutaxassislar spirtli ichimlik iste’mol qilishdan oldingi davr, iste’mol qilish davri va tiklanish davri o‘rtasidagi farqlarni aniqladi.

Tadqiqotda muntazam ravishda spirtli ichimlik iste’mol qiladigan 200 dan ortiq yosh erkak va ayollar ishtirok etdi. Ta’kidlanishicha, tadqiqot paytida qondagi alkogol miqdorining eng yuqori darajasi 2,5 promillega yetgan.

Klinik ahamiyatga ega aritmiyalar sog‘lom ishtirokchilarning 5 foizidan ko‘prog‘ida, asosan tiklanish bosqichida kuzatildi. Tadqiqotimiz alkogolni o‘tkir tarzda haddan tashqari iste’mol qilishning kardiologiya nuqtai nazaridan salomatlikka yana bir salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda”, — dedi LMU tadqiqot guruhi a’zosi Morits Sinner.

Tadqiqotchilar spirtli ichimliklar yurak faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, degan xulosaga keldi. Ularni iste’mol qilishning yurak salomatligiga uzoq muddatli salbiy oqibatlari kelgusi tadqiqotlar mavzusi bo‘lib qolmoqda.

Nashrning yozishicha, alkogolning yurakka salbiy ta’siri haqida nemis olimlarining boshqa tadqiqotlarida ham so‘z boradi.

Bir necha yil oldin Hamburg-Eppendorf universiteti klinikasi (UKE) e’lon qilgan tadqiqotda hatto sog‘lom odamlarda ham muntazam ravishda oz miqdorda iste’mol qilinadigan alkogol yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasini keltirib chiqarishi mumkinligi aytilgandi.

Rossiyaning Amaliy ijtimoiy psixologiya instituti rahbari, ijtimoiy psixolog, psixologiya fanlari nomzodi Aleksandr Shaxov ma’lum qilishicha, oz miqdorda ichilganda alkogol stimulyator sifatida ta’sir ko‘rsatadi, mushak zo‘riqishini bartaraf etadi va tanani bo‘shashtiradi. Biroq miqdor oshirilganda, alkogol ruhiy tushkunlikka olib kelib, psixikani ezuvchi depressantga aylanadi.

Sankt-Peterburg sog‘liqni saqlash qo‘mitasining bosh nevrologi Igor Voznyuk alkogolning neyronlarga ta’siri haqida aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты