Huawei 1
“Real” qishda yangi futbolchilar sotib oladimi? Anchelotti javob berdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishki transferlarga ehtiyoj sezmasligini aytdi.

“Qaytganimizdan xursandmiz. Benzema biz bilan va u — biz uchun juda muhim futbolchi.

Taqvim bizga juda jiddiy talablar qoʻyadi. Ispaniya Superkubogi, klublar oʻrtasidagi jahon chempionati... Martgacha hali koʻplab oʻyinlar boʻladi.

Har bir futbolchini alohida baholaymiz. Kimga dam olish va kimga ishlash kerakligini aniqlaymiz. Transferlar haqida gapiradigan boʻlsak, bizga kerak emas. Oʻylaymanki, oʻtgan yilgidan yaxshiroq holatdamiz”, — deydi Anchelotti “Goal” nashriga.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты