Huawei 1
Ronaldu faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirgach, qancha ishlab topdi?

5 karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirgach, qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 40 yoshli hujumchi “An Nasr”da yiliga 177 mln, haftasiga 3 403 846 funt maosh oladi. Buncha summa bilan Ronaldu eng ko‘p maosh oladigan sportchiga aylangan. Futbolchi Riyod klubida 107 o‘yinda 97 gol urdi va uning transferidan keyin ko‘plab yulduzlar Saudiya ligasiga keldi. 

Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvarda imzolangan shartnoma bo‘yicha Krishtianu hozirgacha 411 mln funt ishladi: 354 mln funt avvalgi ikki yil uchun va 2025 yilda 57 mln funt. 

“Forbes” xabariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz 2024 yilda maydonda 200 mln dollar va uning tashqarisida 60 mln dollar (“Nike”, “Binance”, “Herbalife”, “Eraku”, “Whoop” va boshqalardan kompaniyalar bilan hamkorlikdan) ishlab topgan. 

Shuningdek, Krishtianu YouTube'dan ham daromad ko‘rmoqda. Uning “UR – Cristiano” kanalida 75 million obunachi bor va ko‘rishlar soni 840 milliondan o‘tgan. 

Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 30 iyunda tugaydi va avvalroq klub u bilan shartnomani uzaytirmoqchimasligini ma’lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51705 | Инструменты