Poytaxtda jinoyatlarga qarshi keskin kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB, DXX Toshkent shahar boshqarmasi, shahar prokuraturasi, Milliy Gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda 15-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazildi.
Oylik davomida, tashkil etilgan maxsus guruhlar tomonidan jami 801 ta giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Ular bo‘yicha 567 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 158 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 76 ta holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jami 21 kg 818 gr giyohvandlik vositalari, 28 790 ta kuchli taʼsir qiluvchi, 26 kg “pregabalin” dori vositalari noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi va minglab insonlarning zaharlanishi oldi olinib, hayoti saqlanib qolindi.
Giyohvandlik vositalarini yashirish usuli orqali tarqatuvchilar bilan bog‘liq 34 ta holat aniqlanib, uning natijasida 9 kg 538 gr noqonuniy giyohvandlik moddalari hamda 3 689 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi to‘xtatib qolindi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet do‘konlari, ularning administrator va operatorlarini aniqlash, faoliyatiga chek qo‘yish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bunday internet do‘konlarning reklamasi aks etgan jami 1 323 ta “narkograffiti”lar aniqlanib, bartaraf qilindi.
Giyohvand moddalar hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalariga ruju qo‘ygan 501 nafar shaxslar maxsus tibbiyot muassasalariga davolanishga yotqizildi.
Bundan tashqari, aholi, ayniqsa yoshlar orasida giyohvand moddalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida, taʼlim muassasalari va jamoat joylarida aholi bilan 50 mingdan ziyod profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkirlikda umumtalim maktablarda 3 536 marotaba profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi. Mazkur tadbirlar doirasida jami 2 milliondan ortiq fuqarolar qamrab olindi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 488 ta jinoyatlar “issiq izidan” fosh etildi, 160 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 45 nafar bedarak yo‘qolganlar aniqlanib yaqinlariga qaytarildi.
O‘tkir tig‘li buyumlarni qonunga xilof ravishda olib yurgan 2 181 nafar fuqarolar aniqlanib tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Tezkor tadbirlar davomida 1 ta jangovar (PM), 21 ta pnevmatik qurol va 7 ta o‘q-otar ov miltig‘i hamda 14 dona o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi. Har bir holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq 102 404 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan, qo‘pol qoidabuzarliklar 9 807 ta, mast holda avtomashina boshqarish 366 ta, svetofor ishoralariga amal qilmaslik 83 tani tashkil qilmoqda.
Olib borgan tadbirlar natijasida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatchilik 43 % ga kamaydi. Shundan, firibgarlik 72 % ga, talonchilik 47 % ga, o‘g‘rilik 46,5 % ga kamayishiga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22620 | Инструменты