Huawei 1
Tomas Myuller Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Hujumchi Tomas Myuller Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deb xabar berdi "Bild".

Germaniya terma jamoasi 2024-yilgi Evropa chempionati chorak finalida Ispaniyaga qo'shimcha vaqtda mag'lub bo'ldi (1:2).

O'sha o'yindan so'ng 34 yoshli Myuller terma jamoadagi faoliyatini tugatishga moyilligini, biroq avvalo bosh murabbiy Yulian Nagelsmann bilan kelajagini muhokama qilishini aytdi.

“O‘z mamlakatim sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman. Barchaga minnatdorligimni bildiraman. Endi men tribunadan turib jamoani qo‘llab-quvvatlayman”, — deydi 34 yoshli futbolchi.

Myuller Germaniya termasidagi debyutini 2010-yilning mart oyida Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:1) o'tkazgan. U Germaniya terma jamoasi safida 131 ta o‘yin o‘tkazib, 45 ta gol (6-eng yaxshi natija) muallifiga aylandi. Faqatgina Lotar Matteus (150) va Miroslav Kloze (137) undan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan. 

Futbolchi Germaniya bilan birgalikda JCH—2014 da chempion bo‘lgan va JCH—2010 da uchinchi o‘rin sohibiga aylangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91700 | Инструменты