Huawei 1
16-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahar IIBB: Inbazar asoschisi Omabdek Holmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda

Inbazar asoschisi zo‘ravonlik qilayotgani aks etgan holatlar eski bo‘lib, hech kim ariza bilan murojaat qilmagan. Ayni vaqtda poytaxt IIBB tergovga qadar tekshiruv boshlagan.

Farg‘ona pedagogika mahorat markazida xonalardan birida yashirin kamera aniqlandi

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganish jarayonida ushbu xona ayollar xonasi emas, dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan auditoriya ekanligi, kamerani markaz o‘qituvchilaridan biri o‘rnatib qo‘yganligi aniqlangan.

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralarining faol va amaliy ishtirokida o‘zaro manfaatli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Kansleri Olaf Shols qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

“Green Hills Resort” dam olish maskanida “Bitmas xazina” kitob festivali oʻtkazildi

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskanida “Bitmas xazina” kitob festivali oʻtkazildi. Unda adabiyotimizning yetuk darg’alari - yozuvchi, shoir, noshir, adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Olaf Shols: O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor

Germaniya kanslerining so'zlariga ko'ra, O‘zbekiston "Germaniya uchun, jumladan, yaqin kelajak uchun juda muhim hamkor". Bugun uzoq tarixga ega, anʼanaviy Ipak yo‘lida joylashgan Samarqand shahrida Germaniya va O‘zbekiston, qolaversa, butun Markaziy Osiyo mintaqasi o‘rtasidagi munosabatlarning yana-da rivojlanishi haqida so‘zlash imkoniga ega bo‘ldim, dedi u.

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols daraxt ekdilar

Shu bilan prezidentning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Qoraqalpog‘istonning Borsakelmas hududida ekomarafon o‘tkazildi

14–15-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi noyob tabiiy maskan – Borsakelmas hududida “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” xalqaro ekomarafoni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston AQSH bilan bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim imzoladi

Muzokaralarda AQSH chegara va bojxona xizmatining targetlash bo‘yicha mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb qilish, shuningdek o‘zbekistonlik mutaxassislarning AQSHda malaka oshirish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Uy-joy savdosi bir yil davomida qariyb 21 foizga kamaydi

Yillik o‘lchovda faollikning sezilarli darajada pasayishi kuzatilmoqda: uy-joy savdosi 20,8%ga kamaydi, bu esa uy sotib olishga qiziqishning kamayishini ko‘rsatishi mumkin.

O‘zbekistondan 400 dona toshbaqani qo‘shni davlatga olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi

Ushbu tur Qizil kitobning yangi nashriga kiritilgan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Xodimni xatosi uchun kaltaklagan Inbazar ish boshqaruvchisi 7 sutkaga qamaldi

Uzreport TV muxbiri xabariga ko'ra, holat jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “samosud”ni tasvirga olgan yana bir xodim 5 sutkaga qamaldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91906 | Инструменты