Huawei 1
“U — tarixdagi eng yaxshi 3 futbolchining biri. Ronalduga achinaman”, — Bernardeski

Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Bernardeski “Yuventus”da birga to‘p surgan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan bogʻliq vaziyat haqida gapirdi.

“Krishtianu uchun afsusdaman, u — tarixdagi eng yaxshi 3 futbolchidan biri. U koʻrsatgan oʻyinlari uchun yaxshiroq yakunga munosib edi.

Unga achinaman, ayniqsa, insoniy darajada. Bunday saviyadagi futbolchi qachon istasa, oʻshanda ketishga loyiq. Vaziyatni to‘g‘ri baholab, aoliyatni yakunlash uchun eng munosib lahzani topish kerak”, — deydi Bernardeski.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliyalik hujumchi “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bekor qilganidan beri erkin agent sifatida qolmoqda.

Mavzuga doir:

Nahotki? Ronaldu Qatardagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, 2026-yilgi Mundialda ham ishtirok etmoqchi

Ronaldu shu haftada Dubaydan Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi

Krishtianu Ronaldu Madriddan Dubayga uchib ketdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22211 | Инструменты