Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi

Germaniya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining final qismida ishtirok etadigan barcha terma jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Bugun oqshom o‘tkazilgan pley-off o‘yinlaridan so‘ng Gruziya (o‘z tarixida birinchi marta), Ukraina va Polsha Yevro-2024 ishtirokchilari safini to‘ldirdi.

Gruziya – Gretsiya 0:0 (penaltilar seriyasi — 4:2)

Ukraina – Islandiya 2:1

Uels – Polsha 0:0 (penaltilar seriyasi — 4:5)

Yevro-2024 ishtirokchilari:

Germaniya (mezbon), Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Ispaniya, Shotlandiya, Turkiya, Avstriya, Angliya, Vengriya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, Niderlandiya, Ruminiya, Shveysariya, Serbiya, Italiya, Chexiya, Sloveniya, Xorvatiya, Gruziya, Ukraina, Polsha.

So‘nggi uch jamoa guruhlarni to‘ldirdi:

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты