Huawei 1
Yevropa ligasi. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari maʼlum bo‘ldi

13 mart oqshomida Yevropa ligasi 1/4 finalining barcha ishtirokchilari nomlari maʼlum bo‘ldi.

“Roma” “Atletik”ka yutqazib (3:1), musobaqani tark etdi. Rimning boshqa bir jamoasi — “Latsio” «Viktoriya Plzen»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi (2:1, 1:1). “Ayntraxt” “Ayaks”ni ikkinchi o‘yinda ham yengdi (4:1). “Olimpiakos”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Budyo-Glimt” turnirdagi yurishini davom ettiradi (2:1, 0:3).

“Lion” “Styaua”ni 4:0 hisobida, «Manchester Yunayted» «Real Sosiyedad»ni 4:1 hisobida yengdi. “Tottenhem” «AZ Alkmar» ustidan zafar qozondi (2:1). “Reynjers” birinchi o‘yinda “Fenerbaxche”dan 3:1 hisobida ustun kelgan, javob o‘yinida 0:2 hisobida yengilgan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasida omadi chopib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “Tottenhem” — “Ayntraxt”;

  • “Budyo-Glimt” — “Latsio”;

  • “Reynjers” — “Atletik”;

  • “Lion” — «Manchester Yunayted».

Bu bosqich o‘yinlari 10 va 17 aprel kunlari o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты