Huawei 1
Yevropa Ligasida sharmandali mag'lubiyatga uchragan "Latsio" muxlislariga chiptalar pulini qaytarib berdi

Daniyaning “Midtyulland” Yevropa Ligasi guruh bosqichining 2-turida oʻz maydonida “Latsio” (5:1) ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi.

Sharmandali magʻlubiyat sabab Rim klubi Daniyadagi oʻyinga tashrif buyurgan 225 nafar muxlis uchun chiptalar narxini qoplaydi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti maʼlum qildi.

Yevropa Ligasida 2-turdan soʻng “F” guruhidagi barcha jamoalar 3 ochkodan jamgʻargan. Toʻplar nisbatiga koʻga “Feyenoord” birinchi, “Midtyulland” ikkinchi, “Latsio” uchinchi, “Shturm” soʻnggi oʻrinni egallab turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101613 | Инструменты