Huawei 1
Argentina hukumati 70 ta qonunni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi

Argentina hukumati parlamentga ijro hokimiyati keraksiz deb hisoblagan 70 ta qonunni bekor qiluvchi qonun loyihasini taqdim etdi.

Bu haqda Qayta tartibga solish va davlat transformatsiyasi vazirligi ma’lum qildi.

“To‘kilgan barglar” qonuni orqali hukumat fuqarolarning shaxsiy erkinliklarini cheklab qo‘yuvchi va har xil turdagi ortiqcha xarajatlar keltirib chiqaradigan to‘siqlarni olib tashlash niyatida”,  deyiladi vazirlik bayonotida.

Matnda aniqlik kiritilishicha, agar qonun loyihasi qabul qilinsa, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, yangi qonunlar bilan o‘zaro ziddiyatga ega yoki keraksiz "byurokratik yuk"ni keltirib chiqaradigan normalar bekor qilinishi mumkin. Qayta tartibga solish va davlat transformatsiyasi vaziri Federiko Sturseneggerning so'zlariga ko'ra, gap jami 70 ta qonun haqida gap ketmoqda.

Ular orasida, xususan, Argentina ommaviy axborot vositalarida xorijiy kapital ishtirokini cheklovchi qonun ham bor. Amaldagi me'yorga ko'ra, faqat Argentina kompaniyasi gazeta yoki telekanal egasi bo'lishi mumkin, xorijiy kompaniyalarning ulushi esa 30 foizdan oshmasligi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101615 | Инструменты