Huawei 1
Yordamchi murabbiy: Eronga qarshi tarkib va rejani Katanes hal qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy yordamchisi Vlado Radmanovich hamda jamoa hujumchisi Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

“Ertaga Eron bilan o‘ynaymiz. Ushbu jamoa bilan o‘yin doimo qiziq va qiyin bo‘lgan. Sababi Eron Osiyodagi yetakchi jamoalardan biri. Biz ular bilan ko‘p bora to‘qnash kelganmiz va ular haqida ko‘p narsa bilamiz. Afsuski, Katanes sog‘ligidagi muammo sabab qatnasha olmayapti. Biz uning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilamiz”, dedi murabbiy.

Jaloliddin Masharipov ham o‘yin oldidan fikr bildirdi.

“Eronga qarshi o‘yin oldidan ko‘p gapirish shart emas. Rostdan ikki jamoa ham bir-birini yaxshi biladi. Eng keraklisi, ertangi o‘yinda biz kerakli natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz, bunga tayyormiz. Muxlislarni xursand qilamiz deb umid qilamiz”, dedi futbolchi.

Murabbiy oldinda turgan o‘yin oldidan qanday taktika tanlashi haqida aytdi.

“Eron qarshi o‘yinda qanday taktika kutamiz? O‘yinga taktikani ertangi o‘yin oldidan mashg‘ulotda futbolchilarning jismoniy va psixologik holatidan kelib chiqqan holda tanlaymiz. Hujumkor yoki himoyaviy o‘yin ko‘rsatishimiz o‘shanda ma’lum bo‘ladi. Bizda 2-3 taktik sxemalar mavjud. Biz ertaga 3 yoki 4 himoyachi bilan o‘ynashimiz mumkin. Hujumchilar borasida ham bitta yoki 2 hujumchi bilan o‘ynash variantini ko‘rib chiqamiz.

Oston O‘runov bilan ham hammasi joyida. Legionerlar bilan muammolar yo‘q. Ularning o‘yin amaliyoti jismoniy holati yaxshi”, dedi murabbiy.

Yordamchi murabbiy ertangi o‘yinga taktika va tarkib kim tomonidan tuzilishi haqida ham to‘xtaldi.

“Srechko Katanes bilan doimiy aloqadamiz. Albatta, o‘yinga taktika va tarkibni u hal qiladi. Uchrashuv davomida ham u bilan aloqada bo‘lamiz. O‘yin davomida o‘zgarishlar kiritishni ham u bilan hal qilamiz”, deydi Katanesning yordamchisi.

Jaloliddin Masharipov o‘tgan o‘yinlardagi natijalar haqida fikr bildirdi.

“Shimoliy Koreyaga va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlarda individual mahorat evaziga yutdik deb o‘ylamayman. Sababi barcha gollarni mashg‘ulotlarda ishlaganmiz va barchasi o‘ylangan taktikalar edi”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Eron uchrashuvi ertaga “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100921 | Инструменты