Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda baliq yetishtirishni ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda baliq yetishtirish hajmini 1 million tonnaga yetkazish va qo‘shimcha 50 ming aholini band qilish tarmoq masʼullarining asosiy vazifasi bo‘lishi qayd etildi.
Daryo bo‘ylarida kamida 500 ta havza tashkil qilib, kooperatsiya asosida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
"Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million so‘mgacha oshirish taklif qilindi.
Prezident ipakchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib, tarmoqda keskin o‘zgarish qilish zarurligini taʼkidladi.
Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi.
Buning uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga o‘tiladi.
Birinchi bosqichda bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa 2025 yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga tumanlarni biriktirish, fermer va kasanachilar o‘zi yetishtirgan pillani faqat klasterlarga sotishi amaliyotidan voz kechiladi.
Yaʼni, pilla fermer va klaster o‘rtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101002 | Инструменты