O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni bir-biriga topshiradi. Qonun loyihasi Jogorku Kenesh tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.
Bosh prokuror oʻrinbosari Umutkan Qoʻnkuboeva deputatlarga Oʻzbekiston Respublikasida Qirgʻiziston Respublikasining 42 nafar fuqarosi, Qirgʻizistonda esa 97 nafar Oʻzbekiston fuqarosi jazo oʻtayotgani haqida maʼlumot berdi.
"Bu fuqarolarning barchasi o‘z vatanlarida jazoni o‘tashda davom etadi. Mamlakatlar o‘rtasida mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishuv 2024-yilning 18-iyulida Toshkent shahrida tuzilgan", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13114 | Инструменты