Huawei 1
Abduqodir Husanov Shavkat Mirziyoyevga «Manchester Siti» formasini sovg‘a qildi

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Navro‘z tadbirlarida qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov 21 mart kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tgan Navro‘z tantanasida ishtirok etib, tadbirdan keyin prezident Shavkat Mirziyoyevga imzosi tushirilgan «Manchester Siti»dagi libosini sovg‘a qildi.

E’lon qilingan suratdan ko‘rish mumkinki davlat rahbari bilan uchrashuvda Abduqodirga otasi Hikmat Hoshimov hamrohlik qilgan.

Husanov kuni 20 mart kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda ishtirok etgandi. U 25 mart kuni O‘zbekiston milliy jamoasi bilan Eronga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32213 | Инструменты