Huawei 1
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi bo‘ldi

Bugun ertalab O'zbekistonning Pokistonga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher To'xtayev Islomobodga yetib keldi

Bu lavozimga tayinlangunga qadar Alisher To'xtayev O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida mas'uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, yangi tayinlangan elchi O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari uyushmasida ham avval maslahatchi, so'ngra rais o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ingliz va boshqa bir qator xorijiy tillarni biladi.

Alisher To'xtayev 2021–2024-yillarda O'zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov o'rniga tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты