Huawei 1
Ilon Mask Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida Trampni qo‘llab-quvvatladi

AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp 13-iyul kuni o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Pensilvaniya shtati Batler shahrida saylovoldi tashviqoti yig‘ilishida nutq so‘zladi.

X platformasi (sobiq Twitter) egasi Ilon Mask Balter mitingida Trampni qo‘llab-quvvatladi, Tramp uni “aql bovar qilmaydigan kelajak qurishimizga yordam berayotgan ajoyib inson... u so‘z erkinligini saqlab qoldi va ko‘plab ajoyib narsalar yaratdi”, deya taʼrifladi.

"Amerikada Konstitutsiya va demokratiyani saqlab qolish uchun prezident Tramp saylovda g‘alaba qozonishi kerak", dedi Mask o‘z nutqida.

Tramp mitingda deyarli bir yarim soat nutq so‘zladi va uni “Amerika orzusini qaytarish” va “har bir oilaga farovonlik” vaʼdasi bilan yakunladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты