Huawei 1
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekiston xalqi uchun 14 mln dollar ajratadi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun 14 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, USAID administratori Samanta Pauer AQSHning O‘zbekiston xalqi bilan hamkorligini yanada chuqurlashtirish maqsadida bugun O‘zbekiston poytaxti Toshkentga kelgan.
Tashrif davomida u qo‘shimcha sarmoyalarni, jumladan, global sog‘liqni saqlash, boshqaruv va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish uchun qo‘shimcha 14,2 million dollar ajratilishini e’lon qiladi.

Ushbu qo‘shimcha yordam vositasida Amerika Qo‘shma Shtatlari USAID orqali quyidagi sohalarda hamkorlik qiladi:

- Silga qarshi kurash uchun 3,2 mln dollar sarmoya kiritiladi;

- Epidemiya va pandemiya tahdidlariga qarshi kurash uchun 4 mln dollar sarmoya kiritiladi;

- Biznes va xususiy sektorni mustahkamlash uchun 3,5 mln dollar sarmoya kiritiladi;

- Yanada mas’uliyatli va samarali mahalliy boshqaruv uchun 3,5 mln dollar sarmoya kiritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12500 | Инструменты