Huawei 1
Baxtiyor Saidov Benin va Angolaning yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Benin va Angolaning yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi

"Beninning O‘zbekistondagi Elchisi Andre Akambi Okunlola-Biau janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik. Hukumati Afrika davlatlari bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor. Biz hamkorlikning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoatini muhokama qildik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Angolaning O‘zbekistondagi Elchisi Augushtu da Silva Kunya janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik. Akademik almashinuv, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan fikr almashdik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchini o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda sezilarli natijalarga erishish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor", - deyiladi xabarda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91808 | Инструменты