Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy 6 yo‘nalishini aytdi
O'zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo—Germaniya ikkinchi sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarashlarini bayon qildi.
Odiljon Tojiyev: Eshak go‘shtini iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, bunday tushunmovchilik palata tomonidan tarqatilgan matbuot xabarnomasidagi tahririy xato tufayli kelib chiqqan. Ko‘rib chiqilayotgan qonun go‘sht iste’moli haqida emas.
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” VI Xalqaro anʼanaviy to‘qimachilik festivali o'tkaziladi
Festivalda Avstraliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Portugaliya, Tojikiston, Turkmaniston, Estoniya, Shveysariya kabi turli davlatlardan kelgan ishtirokchilar qatnashadi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi zarurat bo‘lganda, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyasi ommaviy tadbirni tashkil etish va o‘tkazish davrida muhandis-texnik kommunikatsiyalar xavfsiz ishlashini, energiya taʼminoti va yong‘in xavfsizligini, yo‘l harakati xavfsizligi, ishtirokchilarning evakuatsiya qilinishini va favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini taʼminlash guruhlarini tashkil etishi mumkin.
“Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi
Adliya vazirligining xabar berishicha, korxona rahbariga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi
Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida 10 mingta qoʻshimcha qabul parametri tasdiqlandi.
Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytiriladi
Jumladan, homilador ayolga nisbatan sodir etilgan odam savdosi, shuningdek, muqaddam odam o‘g‘irlash jinoyatini sodir etgan shaxslar tomonidan odam savdosi jinoyatining sodir etilishini og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilash taklif etilmoqda.
Ekologiya vaziri: Toshkentdagi daraxtlarning reyestri 2,5 yilda shakllantiriladi
"Shahardagi daraxtlarning hammasi to‘liq invertizatsiya qilinadi. Buning uchun 100 nafar volontyor jalb etilib, har biriga planshet beriladi. Daraxtlarning elektron bazasini yaratish jarayonida ular shunchaki rasmga olinmaydi, balki turi, bugungi holati va boshqa jihatlari ham hisob-kitob qilinadi. Loyiha 2,5 yil mobaynida amalga oshiriladi", — dedi Aziz Abduhakimov.
USAID O‘zbekiston uchun yana bir grant dasturini eʼlon qildi
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi orqali ajratiladigan grant uchun arizalar qabul qilina boshlandi.
Germaniya O‘zbekistonni iqlimga chidamli iqtisodiyotga o‘tishda qo‘llab-quvvatlaydi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Shaxmat Olimpiadasi: Isroil mag’lub etildi, qizlarimizda durang
Olimpiadaning 6-tur doirasida yigitlarimiz Isroil, qizlarimiz esa Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты