Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur koʻchasi Shota Rustaveli ko'chasi bilan kesiwmasidan Nukus koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o'tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 18-sentyabr kunidan 15-oktyabr kuniga qadar Bobur koʻchasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.
"Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so'rab, aylanma yo'llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz", deyiladi "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты