Ushbu loyiha O'zbekiston va BAA qo'shma loyihasi hisoblanadi
2022-yil 10-iyun sanasida Toshkent shahrida “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi natijalariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh vazir Abdulla Aripov, BAAning hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Al Gergavi, Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umrzoqov, AKT vaziri Sherzod Shermatov, IT Park direktori Farxod Ibragimov, shuningdek, loyihaga qatnashgan dasturchilar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida loyihani amalga oshirishda erishilgan yutuq va natijalar, axborot texnologiyalari sohasida professional rivojlanish uchun ilk qadam sifatida xizmat qilgan “Bir million o‘zbek dasturchilari” bitiruvchilarining hikoyalari haqida videoroliklar namoyish etildi.
Shundan so‘ng, belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarning taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50508 | Инструменты