Boku shahrida O'zbekiston Savdo uyini tantanali ochish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Qayd etilishicha, ushbu savdo uy yil davomida O'zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish, elektrotexnika, farmatsevtika, tekstil, charm-poyabzal va boshqa sohalarga mansub mahsulotlarni ko'rgazma qilish hamda ularga xaridor topishda ko'mak berish bilan shug'ullanadi.
O'zbekiston Savdo uyi ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojiga o'zining salmoqli hissasini qo'shadi va boshqa shu kabi tuzilmalarga o'rnak bo'ladi.
Avvalroq, Litva poytaxtida O‘zbekiston savdo uyi ochilgani haqida xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112012 | Инструменты