Huawei 1
Bosh vazir Abdulla Aripov Armanistonga bordi

Joriy yilning 1-oktyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish uchun Yerevanga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish so‘nggida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlari rejasi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты