Prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.
Yig‘ilishda qator hudud va tarmoqlarda ishga tushirilgan korxonalar va uskunalar eksport natijasiga taʼsir ko‘rsatmaganiga aniq misollar keltirildi.
Loyihalar samaradorligi ustidan yetarli nazorat olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Endilikda har bir vazir o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i va vazirlik xodimiga korxonalarda ish o‘rni yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar joriy etilishi belgilandi.
Elektrotexnika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, charm, parranda, zargarlik, ipak, mebel tarmoqlarida ishlamayotgan korxonalar, bekor turgan uskunalarni to‘liq quvvatda ishlashiga ko‘maklashish muhim ekani taʼkidlandi.
O‘tgan yili 5 ta - baliqchilik, parrandachilik, zargarlik, asalarichilik, ipakchilik tarmoqlarida xorijiy investitsiyani jalb qilish ishlari eng sust darajada bo‘lgani ko‘rsatib o‘tildi.
Xorijiy investitsiyalar hajmi 2023 yilda 1,6 barobar o‘sgan bo‘lsa-da, eng katta salohiyatga ega Samarqand va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich imkoniyatga yarasha bo‘lmadi.
Shuningdek, 12 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. Yoki, 6 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan investitsiya 10 million dollarga ham yetmagan.
Masalan, Shofirkon, Yangiobod, Nurobod, Paxtachi, Furqat va Xiva tumani hokimlariga konsalting kompaniyalar tomonidan 800 million dollarlik 241 ta tayyor investitsiya loyiha takliflari ishlab berilgan bo‘lsa-da, hokimlar tayyor loyihalarga ham investor topmagan.
Bosh vazirga ushbu kamchiliklar qayd etilgan 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61307 | Инструменты